Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida so‘nggi 15 kunda 3 marta yo‘lovchilar poyezd yo‘liga tushib oldi
Metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni keskin ortishi bilan yo‘lovchilar tomonidan bir qancha tartibbuzarliklar holatlari yuzaga kelmoqda.
Toshkent metrosida so‘nggi 15 kun davomida 3 marotaba yo‘lovchilar poyezd yo‘liga o‘zboshimchalik bilan tushib olgan va bekatda faoliyat olib boruvchi xodimlar tomonidan zudlik bilan ushbu yo‘lovchilar xavfsiz tarzda platformaga olib chiqilgan.
“Toshkent metropoliteni” xabariga ko‘ra, yo‘lovchilar tomonidan bunga sabab sifatida shaxsiy buyumlari poyezd yo‘liga tushib ketgani va uni olish maqsadida tushgani ko‘rsatilgan.
Metro yo‘lida inson hayoti uchun xavfli, hattoki o‘lim darajasiga olib boruvchi yuqori kuchlanishdagi (825 Volt) elektr toki mavjud. Ma’lumot o‘rnida, 42 Volt kuchlanishdagi elektr toki inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
“Shu sababli metrodan foydalanish vaqtida hushyor va sergak bo‘ling. Agarda bu kabi holatlarga duch kelsangiz, zudlik bilan bekat platformasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga murojaat qilishingiz lozimligi eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025