Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fon der Lyayyen yil oxirigacha YeK rahbari lavozimiga qayta nomzod bo‘lishi haqida qaror qabul qiladi
Yevropa komissiyasi raisi The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida shu yil oxiriga yaqin qaror qabul qilishini aytdi.
Yevropa komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida joriy yil oxiriga qadar Yevropa Ittifoqi rahbari lavozimiga yana nomzod bo‘lish-bo‘lmasligi haqida qaror qabul qilishini aytdi.
«Men yil oxirigacha qaror qabul qilaman», dedi fon der Lyayyen lavozimga qayta o‘z nomzodini qo‘yish niyati haqidagi savolga.
Fon der Lyayyen NATOning navbatdagi bosh kotibi bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida nashr muxbiri u qaysi ishni afzal ko‘rishini so‘radi: Yevropa komissiyasidami yoki NATOda.
«Yuragimda doimo Yevropa, men Yevropada tug‘ilganman. Mendagi birinchi vatan hissi Yevropa bilan bog‘liq va o‘ylaymanki, bu mening xotiramda aniq muhrlangan, chunki mening ota-onam qat’iy yevropaliklar bo‘lgan», - dedi YeK raisi.
Mavzuga oid
11:51 / 11.04.2025
YeK rahbari: AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bigtex zarar ko‘radi
20:15 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Ittifoqi yetakchilari birgalikda daraxt ekdi
17:07 / 03.04.2025
O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi
21:51 / 04.03.2025