O‘zbekiston | 12:20 / 23.09.2023
8066
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan obektlarda doimiy kuzatuv yo‘lga qo‘yiladi 

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan binolar yoki ularga kirish yo‘laklariga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarini o‘zida birlashtiradigan Ye-Hamkor dasturi tatbiq etilib, dastur IIO hududiy situatsion markazlariga integratsiya qilinadi.

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, mahallalarda huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha yangi tizim va amaliyot joriy etilib, mulkiy va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlar sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan obektlarda doimiy kuzatuv yo‘lga qo‘yiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan binolar yoki ularga kirish yo‘laklariga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarini o‘zida birlashtiradigan Ye-Hamkor dasturi tatbiq etilib, ushbu dastur ichki ishlar organlarining hududiy situatsion markazlariga integratsiya qilinadi.

“Qizil” toifali mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga ilmiy nuqtayi nazardan yondashish va bu yo‘nalishdagi ishlarni maqsadli tashkil etish uchun, Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmalarida Jamoat xavfsizligi universitetining amaliy laboratoriyalari tashkil etiladi. Bunda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga zamin yaratadigan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan ish usullari ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etib boriladi.

Amaliy laboratoriya xodimlari mahallalarda ish olib borayotgan shaxsiy tarkibning ma’muriy huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantiradi, mahallalardagi “yettilik” bilan hamkorlikda “Tinch va ahil oila”, “Jinoyatdan xoli mahalla” va “Raqamli mahalla” ilmiy-amaliy loyihalari doirasida faoliyat ko‘rsatadi.

Jinoyatlarning oldini olish borasida mahallalardagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha “Fuqarolar bilan ishlash moduli” asosida uzluksiz o‘qitish tizimi tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid