Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NBC News: AQSh Ukrainaga ATACMS taktik ballistik raketalarini beradi
Uzoq masofali ATACMS raketalari Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiyaga egallab olgan hududlarni ushlab turishi kerak bo‘lgan ichkaridagi omborlar, ta’minot markazlari va qo‘mondonlik punktlariga zarba berishga imkon yaratadi.
AQSh Ukrainaga ATACMS taktik ballistik raketalarini yuboradi, deb xabar berdi Amerikaning NBC News telekanali 22 sentabr, juma kuni Oq uyning uch nafar rasmiysi va Kongressning bir vakiliga tayanib. Ular qancha ATACMS raketalari berilishi va Kiyev ularni qachon qabul qilishiga aniqlik kiritmagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jozef Bayden ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy bilan suhbatda gap oz son haqida ketayotganini ta’kidlagan.
Kiyev bir necha oylardan beri Rossiya qo‘shinlarini qaytarish uchun Ukraina armiyasiga ushbu qurolni yetkazib berishga chaqirib keladi. AQSh Mudofaa vazirligi vakillari yetarli miqdordagi ATACMS yo‘qligiga ishora qildi. Bundan tashqari, ayrim rasmiylar, agar bu qurol yetkazib berilsa, Ukrainada urush avj olishidan xavfsirayapti. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlarda Ukrainaga yuboriladigan raketalar turi bo‘yicha bahslar davom etmoqda, dedi NBC News’ning Kongressdan suhbatdoshi.
ATACMS raketalari Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya egallab olingan hududlarni ushlab turishida kerak bo‘lgan ichkari hududlardagi omborlar, ta’minot markazlari va qo‘mondonlik punktlariga zarba berishga imkon yaratadi. AQSh arsenalida parvoz masofasi 160 kmdan 300 kmgacha bo‘lgan bir nechta ATACMS modellari mavjud.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025