Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya: yangi sanksiya paketlari Rossiyadan ko‘ra Yevropaga ko‘proq zarar keltiryapti
Yangi sanksiyalarni muhokama qilish har doim hissiy, siyosiy va mafkuraviy xarakterga ega bo‘lyapti, dedi Siyyarto.
Budapesht Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi kerak emasligiga ishonchi komil.
Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvdan so‘ng TASS agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Afsuski, Yevroittifoq joriy etgan sanksiyalar yuzasidan hozircha professional baho va tahlillar o‘tkazilmagan. Yangi sanksiyalarni muhokama qilish har doim hissiy, siyosiy va mafkuraviy xarakterga ega bo‘lyapti», — dedi Siyyarto.
«Agar biz sanksiyalarga pragmatik nuqtayi nazardan qarasak, ular Rossiyadan ko‘ra Yevropaga ko‘proq zarar keltirayotganini ko‘ramiz», — dedi Vengriya TIV rahbari.
«Biz yangi sanksiyalar paketiga ehtiyoj yo‘q, deb hisoblaymiz. Umid qilamizki, bir kun kelib Sharq va G‘arb o‘rtasidagi sivilizatsiyalashgan hamkorlikka qaytishimiz mumkin bo‘ladi, chunki bu bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri keladi», — dedi Siyyarto va iqtisodiyot sohasi vakillari ham xuddi shunday nuqtayi nazarga ega ekanini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025