Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunon-rum kurashi. Islomjon Bahromov Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmaga ega bo‘ldi
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Serbiyada o‘tayotgan jahon chempionatida navbatdagi medal va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-60 kg vazn toifasida kurash olib borgan Islomjon Bahromov ana shunday yutuqlar bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.
Hamyurtimiz o‘tish bosqichida gurjistonlik Pridon Abuladzeni, bronza medali uchun bahsda esa eronlik Mehdi Muhsin Najodni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Shu tariqa, milliy jamoamizning mazkur musobaqadagi medallari 2ta, Parij-2024 litsenziyalari esa 3 taga yetdi. Bungacha Jasurbek Ortiqboyev ham bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, Javrail Shapiyev va Aram Vardanyan Parij-2024 litsenziyasini qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev
21:04 / 07.09.2024
Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi
14:53 / 06.09.2024