O‘zbekiston | 14:55 / 25.09.2023
5294
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

Wi-Fi router yordamida tez va qulay ulanish.

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida LTE asosidagi WTTx (Wireless to the x) texnologiyasidan foydalangan holda statsionar simsiz internetga ulanishni yo‘lga qo‘ymoqda va mobil aloqa bozoriga yangi mahsulot – Beeline mobil tarmog‘i orqali uy internetini taqdim etmoqda. Mahsulotning o‘ziga xosligi, simsiz tarmoqlar orqali statsionar internet imkoniyatlari taqdim etilishida. Farg‘ona vodiysida joriy etilgan tajriba loyihasi hozirda mobil aloqa xizmatlari bozorida o‘xshashi yo‘q xizmat hisoblanadi.

Mahsulot to‘plamiga 4G router kiradi, u LTE texnologiyasidan foydalangan holda optik tolali ulanish bilan taqqoslanadigan tezlikda internetga keng polosali ulanishni ta’minlashga qodir. Simsiz tarmoqlar simli ulanishlarga nisbatan ko‘plab afzalliklarga ega, jumladan, yuqori samaradorlik, oson ulanish va o‘rnatish qulayligi.

WTTx texnologiyasidan foydalangan holda statsionar simsiz ulanishdan foydalanish, shuningdek, optik tolali kabelga asoslangan tarmoqlarni yaratish samarasiz yoki amalga oshirish qiyin bo‘lgan hududlarda keng polosali internetga kirish imkonini beradi. Ushbu texnologiya tufayli qishloq va chekka aholi punktlarida yashovchilar yuqori sifatli internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mijoz uchun yana bir qulaylik — xizmat ko‘rsatish ofisiga tashrif buyurishning hojati yo‘qligi. Mijoz ariza topshirgach, Beeline Uzbekistan mutaxassislari darhol mijozning oldiga boradilar. Mijoz manzili bo‘yicha xodimlar kelib, sinov to‘plamida texnikaning ishlashini namoyish etishadi, shu orqali mijozga ulanish sifati bo‘yicha to‘liq ishonch hosil qilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Mijoz uning afzalliklari va imkoniyatlarini to‘liq baholay olishi uchun mahsulot haqida barcha kerakli ma’lumotlar ham taqdim etiladi.

“Biz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari uchun yuqori sig‘imli LTE 2600 chastotali yuklanmagan baza stansiyalaridan foydalangan holda tajriba loyihasini yo‘lga qo‘ymoqdamiz. WTTx texnologiyasi faqatgina oddiy va tez ulanishni ta’minlash bilan cheklanmay, balki mijozlarimizga raqamli servislardan yuqori tezlik va qulaylik bilan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Bu O‘zbekistonning eng ko‘p sonli aholisi istiqomat qiluvchi hudud va ayniqsa, olisda joylashgan aholi punktlaridagi mijozlarimiz hayotining sifatini yaxshilaydigan aloqa rivojidagi muhim qadamdir”, — deya sharhlaydi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Beeline mobil tarmog‘i orqali uy uchun internet-to‘plami WTTx 4G routerini va maxsus tariflar ulangan Beeline SIM-kartasini o‘z ichiga oladi. Foydalanuvchilarga 2 ta tarif, jumladan, Beeline TV ilovasi taklif etiladi. Bunda birinchi 3 oy mobaynida mijozlarga abonent to‘loviga 50% chegirma beriladi.

Batafsil ma’lumotni digital-operator saytidan olishingiz mumkin (havola Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari aholisi uchun mavjud).


Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan. 

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid