Jahon | 14:02 / 26.09.2023
6809
1 daqiqa o‘qiladi

Gurjiston YeIdan olib kelingan avtomobillarning Rossiyaga eksporti va tranzitini taqiqladi

Taqiq dvigatel hajmi 1,9 kub metrdan oshadigan avtomobillarga, shuningdek, gibrid avtomobillar va elektr transport vositalariga taalluqli.

Foto: Justin Sullivan / Getty Images

Gurjiston Yevropa Ittifoqidan olib kelingan avtomobillarning Rossiyaga eksporti, reeksporti yoki tranzitini taqiqladi, deb xabar qildi respublika Moliya vazirligining daromadlar xizmati. 

«Ha, haqiqatan ham, avval aytib o‘tilganidek, 26 sentabrdan boshlab Yevropadan olib kelingan avtomobillarning Rossiyaga eksporti, reeksporti yoki tranziti taqiqlanadi», dedi matbuot xizmati xodimi. 

Taqiq dvigatel hajmi 1,9 kub metrdan oshadigan avtomobillarga taalluqlidir. Shuningdek, u gibrid avtomobillar va elektromobillarga ham tegishli. Cheklovlar Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi qabul qilingan 11-sanksiyalar paketi tufayli kuchga kirdi, deya qo‘shimcha qildi mahkama vakili.

1 avgustdan AQShda ishlab chiqarilgan avtomobillarning Rossiyaga eksporti va reeksporti bo‘yicha cheklovlar kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid