Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Germaniyadagi yangi elchisi tayinlandi
Prezidentning Germaniyaga tashrifi arafasida ushbu mamlakatga yangi elchi tayinlandi. Bu lavozimda Nabijon Qosimov o‘rnini Dilshod Ahatov egalladi, u 2020 yildan buyon Hindistonda elchixonaga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
U 51 yoshda bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi tizimida stajyor sifatida boshlagan, boshqarma va Bosh boshqarma boshlig‘i, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarigacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tgan. 2010-2013 yillarda Germaniyada elchi hamda Shveytsariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada o‘rindoshlik asosida elchi bo‘lgan.
2020–2023 yillarda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
Dilshod Ahatov 2017-2023 yillarda Berlindagi elchi lavozimida ishlagan Nabijon Qosimov o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
15:39 / 07.05.2025
“Geosiyosiy muammolarni deb o‘zbek mevalarini istaganimizcha ololmayapmiz” – Hindiston elchisi qarorgohidan eksklyuziv suhbat
22:02 / 14.04.2025