Jahon | 09:38 / 28.09.2023
5886
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiya AQShdan 24 ta F-35 qiruvchi samolyotini sotib oladi

Dastlabki samolyotlar 2029 yilda tayyor bo‘ladi, uchuvchilar AQShda o‘qitiladi.

Foto: Xinhua / Global Look Press

Chexiya hukumati chorshanba kuni AQShdan 24 ta F-35 tovushdan tez uchuvchi qiruvchi samolyot sotib olishga qaror qildi

Bu haqda bosh vazir Petr Fiala matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

«Hukumat bugun 24 ta F-35 tovushdan tez uchuvchi samolyot sotib olishga qaror qildi. Birinchi samolyot 2029 yilda tayyor bo‘ladi, bizning uchuvchilarimiz AQShda ular bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlaydi. 2031 yilda Chexiyaga birinchi qiruvchi samolyotlar keladi va biz 2035 yilda barcha 24 ta samolyotga ega bo‘lamiz», dedi u. 

Qayd etilishicha, Chexiya bu holatda armiya tavsiyasi asosida harakat qilyapti. 

«Hukumat fuqarolarimiz va butun mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashni o‘zining asosiy majburiyatlaridan biri deb hisoblaydi. Bu armiyamizni modernizatsiya qilish va uni haqiqatan ham zarur bo‘lgan narsalar bilan ta’minlash orqali amalga oshiriladi», — dedi bosh vazir. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid