Sergelidagi portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi
Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar dahasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan favqulodda hodisa bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.

Foto: Kun.uz
Bosh vazir matbuot xizmati xabariga ko‘ra, komissiyaga hukumat rahbari o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qiladi.
Komissiya favqulodda hodisani o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan tuzilgan.
Komissiya tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib boriladi.
Bundan oldin Sergeli tumanida joylashgan omborxonalarning birida kuchli portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 163 kishi turli darajada tan jarohatlari olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

10:51 / 08.04.2025