Jahon | 14:08 / 30.09.2023
7102
2 daqiqa o‘qiladi

Orban Ukrainaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar yaqin orada boshlanishiga shubha bildirdi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban urush ketayotgan bir paytda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini real emas, deb hisoblaydi.

Foto: AP

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban urush ketayotgan bir paytda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini real emas deb hisoblaydi va yaqin kelajakda a’zolik bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga shubha bildirdi.

Hukumat rahbari Yevropa Ittifoqining yangi a’zolarini qabul qilish uchun Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati bir ovozdan roziligi zarurligini, Vengriyada esa buning uchun parlament qarori talab qilinishini ta’kidladi.

«Men deputatlar bilan muloqot qilganimda, Vengriya parlamentining ikki yildan keyin Ukrainaning YeIga qo‘shilishi uchun ovoz berish istagini sezmayapman. Shuning uchun men bunday katta rejalar tuzishda ehtiyot bo‘lardim», dedi Orban. 

Uning aytishicha, Ukraina kelajagi kuzda Bryusselda muhokama qilinadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «mamlakatning ushbu a’zoligini jiddiy ko‘rib chiqish kerak» degan savolni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.

«Urush olib borayotgan davlat bilan muzokara boshlash mumkinmi? Biz bu mamlakat hududi nima ekanligini tushunmayapmiz, chunki u hali ham jang qilmoqda va biz uning aholisi qancha ekanligini bilmaymiz, chunki u chiqib ketmoqda... Parametrlarini bilmasdan mamlakatni qabul qilish misli ko‘rilmagan narsa bo‘ladi», - deydi Orban. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid