Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin harbiy xizmatga chaqirish haqidagi farmonni imzoladi
Unga ko‘ra, 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 130 ming kishi armiyaga chaqiriladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiyaga kuzgi chaqiruv to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Chaqiruv 1 oktyabrdan 31 dekabrgacha davom etadi. Uning doirasida 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 130 ming kishi armiyaga jo‘natiladi.
Avvalroq Rossiya Bosh shtabi yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarni Ukrainadagi jangovar zonaga yuborishni rejalashtirmayotgani haqida xabar bergan edi.
Ushbu chaqiruv 27 yosh bilan cheklanadi. Ammo 2024 yil bahoridan 30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar ham harbiy xizmatga chaqiriladi.
Rossiya Davlat Dumasi Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolovning ta’kidlashicha, chaqiruvda elektron chaqiruv qog‘ozlaridan foydalanilmaydi. Ular faqat sinov rejimida, an’anaviy qog‘ozlar bilan birga yuboriladi. Shu bilan birga, harbiy qo‘mitaga uzrli sabablarsiz kelmaganlik uchun jarimalar miqdori 10 barobarga oshadi — 3 mingdan 30 ming rublgacha.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025