Bortida 265 yo‘lovchi bo‘lgan Toshkent-Istanbul reysi texnik sababga ko‘ra bekor qilindi
Jadvalga ko‘ra, bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 02:35 da uchishi kerak bo‘lgan.

Foto: Uzbekistan Airports
Turkish Airlines aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan THY-371 reysi texnik sabablarga ko‘ra bir necha soatga ushlanib qolgan.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, yakunda aviakompaniya reysni bekor qilishga qaror qilgan.
Jadvalga ko‘ra, bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 02:35 da uchishi kerak bo‘lgan. Biroq samolyotda texnik nosozlik aniqlangani sababli parvoz kechiktirilgan. Yo‘lovchilar kutish zaliga joylashtirilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Ertalab aviakompaniya tomonidan ushbu reysni bekor qilishga va yo‘lovchilarni boshqa reyslarda Istanbulga tashishga qaror qilindi. Yo‘lovchilarga ovqatlanish va mehmonxonada joylashish ham taklif qilingan.
Mavzuga oid

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?

18:23 / 16.05.2025
Ukraina Rossiya ilgari surgan talablarni «norealistik» deb hisoblaydi - Reuters

00:53 / 16.05.2025