Jahon | 15:06 / 02.10.2023
8972
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Dryu Vaysman va Katalin Karikoga berildi

Pensilvaniya universiteti (AQSh) tadqiqotchilari koronavirusga qarshi mRNK vaksinalarini ishlab chiqqani uchun tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2023 yil uchun fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Pensilvaniya universiteti (AQSh)dan Dryu Vaysman va Katalin Karikoga berildi, ularning ishlari koronavirusga qarshi mRNK vaksinalarini yaratishga asos bo‘lgan. Bu haqda 2 oktyabr, dushanba kuni Shvetsiya poytaxtida ushbu mukofotni topshiruvchi Stokholmdagi qirollik Karolina tibbiy-jarrohlik instituti ma’lum qildi.

O‘tgan yillarda tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti jami 113 marta berilgan bo‘lib, 2022 yilgacha 225 nafar g‘olib aniqlangan.

Shvetsiyalik biolog Svante Pabo 2022 yilgi tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. U yo‘q bo‘lib ketgan gominidlar genomi va inson evolyutsiyasi sohasidagi kashfiyotlari uchun laureatga aylandi.

2021 yilda amerikalik tadqiqotchilar Devid Julius va Ardem Pataputyan fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ular inson tanasining harorat va teginishni his qilishiga imkon beruvchi retseptorlarni kashf etgani uchun mukofotni oldi. 2020 yilda gepatit C virusini aniqlashga katta hissa qo‘shgan amerikalik virusologlar Xarvi Olter, Charlz Rays va britaniyalik Maykl Xauton mukofot g‘oliblari bo‘ldi.

Mavzuga oid