O‘zbekiston | 19:17 / 02.10.2023
13406
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Gulistonda odamlarni firibgarlik yo‘li bilan AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Toshkent va Guliston shaharlarida fuqarolarni 2000 va 2300 dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Guliston va Toshkent shaharlarida AQShga yuborishni va’da qilgan ikki shaxsni ushladi.

Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida S.S. fuqaro J.R.ga tanishlari yordamida Polsha orqali AQShga ishlashga yuborishni va’da qilgan. U o‘z xizmatlari uchun 2300 dollar talab qilib, viza hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 900 dollar va 1,2 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Toshkentda esa fuqaro X.Z.ni tanishlari orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan fuqaro J.T. 2000 dollar olayotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi 28-moddasi (Pora berishga sherik bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid