Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya Kosovo bilan chegaradagi askarlari soni kamayganini e’lon qildi
Serbiya mudofaa vaziri va Serbiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari 24 sentabr kuni Kosovo shimolidagi to‘qnashuvlar yuzasidan Belgradda matbuotga bayonot berdi.
Kosovo bilan chegara chizig‘idagi harbiylar soni 8350 nafardan 4500 nafarga qisqartirildi. Bu haqda Serbiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Milan Moysilovich ma’lum qildi.
Serbiya mudofaa vaziri Milosh Vuchevich va Serbiya Qurolli kuchlari Bosh shtab rahbari Moysilovich 24 sentabr kuni Kosovo shimolidagi to‘qnashuvlar yuzasidan Belgradda matbuotga bayonot berdi.
Mudofaa vaziri Vuchevichning aytishicha, agar Serbiya armiyasi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichdan o‘z bo‘linmalari Shimoliy Kosovoga kirishi haqida buyruq olsa, NATOning Kosovo tinchlikparvar kuchlarini (KFOR) xabardor qilmasdan, vazifani professional tarzda bajaradi.
Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi rahbari bunday vaziyat yuzaga kelmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini ma’lum qildi.
«Biz KFOR kuchlari mintaqada muhim rol o‘ynashi kerak, deb hisoblaymiz. Kosovo politsiyasi Serbiyada ishlab chiqarilgan qurollardan foydalangan», - deydi Vuchevich.
Kosovo shimolida 24 sentabr voqealari
Kosovo shimolida bir necha oydan beri davom etgan taranglik 24 sentabr kuni ertalab, asosan serblar yashovchi Banska shahriga yo‘lni to‘sib qo‘ygan qurolli serblarning otishmasi natijasida bir politsiyachi halok bo‘lgach, yanada avj oldi.
Kosovo bosh vaziri Albin Kurti taxminan 30 kishidan iborat yaxshi qurollangan guruh Kosovo politsiyasiga hujum qilganini aytib, voqeada Serbiyani aybladi.
Banska monastiri va atrofida yashiringan qurolli guruh Kosovo politsiyasi tomonidan qurshab olingan va mintaqada kun bo‘yi to‘qnashuvlar davom etgan.
Kosovo Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Banskada o‘tkazilgan operatsiya davomida kamida uch nafar hujumchi o‘ldirilgan, olti kishi qo‘lga olingan.
Serbiya prezidenti Vuchich kosovolik politsiyachining o‘limiga sabab bo‘lgan voqea kosovo serblari tomonidan sodir etilganini tasdiqladi.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
16:03 / 17.04.2025