Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina g‘allasi Boltiqbo‘yi orqali eksport qilinadi
Boltiqbo‘yi portlaridan Afrika va dunyoning boshqa mintaqalariga don jo‘natiladi.
Litva Ukraina g‘allasini Boltiqbo‘yidagi dengiz portlari orqali eksport qilishni kelishib oldi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergis ma’lum qildi.
«Rossiya oziq-ovqatni yo‘q qilmoqda, Litva uni yetkazib beradi. Boltiqbo‘yi portlaridan don tranziti yo‘lagi qabul qilindi va kelishib olindi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Litvalik diplomat so‘zlariga ko‘ra, Ukraina donini eksport qilishning yangi yo‘nalishi Ukraina chegarasidagi yuklamani kamaytiradi va Afrika mamlakatlari va dunyoning boshqa mintaqalariga g‘alla yetkazib berish hajmini oshirish imkonini beradi.
Ukraina donini eksport qilish bilan bog‘liq muammolar iyul oyida yuzaga keldi: Qora dengiz bo‘ylab tashishni nazarda tutuvchi Rossiya, Ukraina va Turkiya ishtirokidagi «g‘alla bitimi» muddati tugadi. Rossiya shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va donni saqlash, tashish va eksport qilish bilan bog‘liq Ukraina infratuzilmasini o‘qqa tutib, yo‘q qilishni boshladi.
Hozir Ukraina Qora dengiz portlaridan donni eksport qilish yo‘laklarini tiklashga harakat qilmoqda, ammo hajm hali juda kam. Iyun oyida «g‘alla bitimi» kuchda bo‘lgan davrda Ukraina 2 mln tonna don eksport qildi. Iyulda bu ko‘rsatkich 292 ming tonnani, sentabrda atigi 50 ming tonnani tashkil qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025