Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
28 ta tumanda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi tizimi bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi
Respublika miqyosida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Prezidentning “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2023 yil 15 oktyabrdan boshlab 28 ta tuman (shahar)da eksperiment tariqasida prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Respublika miqyosida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Quyidagilar ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarga bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqish;
ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘ngillilarni (qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, volontyorlar) ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishga jalb qilish.
Mavzuga oid
11:01 / 07.03.2025
Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil qilinadi
13:22 / 03.03.2025
Xizmatlar sohasiga 3 mln kishi jalb qilinadi
13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi
11:40 / 22.02.2025