Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosi uchun qidiruvga berilgan ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
O‘zbekistonning Interpol milliy markaziy byurosi tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan shaxs Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyatida gumon qilinayotgan ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi.
Ummon sultonligi tomonidan odam savdosi jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi IIV Interpol milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.
Qidiruvda bo‘lgan shaxs 2022 yilda bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonda yaxshi maoshli ish va go‘zal hayotni va’da qilib, qizlarni chet elga olib kelgan va u yerda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportini olib qo‘yib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan.
Uni qo‘lga olish va O‘zbekistonga ekstraditsiyasini ta’minlash Toshkent va Maskat Interpol milliy markazi byurolari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik va tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
12:52 / 03.04.2025
Oman Air O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
13:41 / 28.03.2025