O‘zbekiston | 13:11 / 05.10.2023
30840
1 daqiqa o‘qiladi

Qishda 2023 yil yanvardagi kabi noodatiy sovuq harorat kutilmalari mavjud emas - «O‘zgidromet»

Ammo, shimoldan rivojlangan sovuq antitsiklonlarning mintaqaga kirib kelishida respublika katta qismida haroratning -7...-12 darajagacha, shimolda -17...-22 daraja sovuqlikka pasayish to‘lqinlari vujudga kelish ehtimoli bor.

Foto: Kun.uz

Qish oylari uchun taxminiy ob-havo prognozlari ishlab chiqildi. Bu haqda «O‘zgidromet» vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2023-2024 yil qish mavsumi uchun 2023 yil yanvardagi kabi juda past darajadagi anomal sovuq harorat kutilmalari mavjud emas. 

Ammo, shimoldan rivojlangan sovuq antitsiklonlarning mintaqaga kirib kelishida respublika katta qismida haroratning -7...-12 darajagacha, shimolda -17...-22 daraja sovuqlikka pasayish to‘lqinlari vujudga kelish ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvarida sovuq antitsiklonning respublikada chuqurroq kirib kelishi fonida respublika katta qismida harorat -17...-22 darajagacha pasaygan edi.

Mavzuga oid