Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA O‘zbekistonga onkologiya bo‘yicha kadrlar salohiyati loyihasi uchun 2,5 mln yevro ajratadi
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik yangi tashkil etilayotgan yangi milliy onkologiya markazi uchun O‘zbekiston mutaxassislari salohiyatini mustahkamlashda ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Vena shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etgan Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Tashrif davomida delegatsiya tarkibidagi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Farrux Sharipov agentlik mutasaddilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tibbiy ta’sir paytida radiatsiyadan himoya qilish bo‘yicha AEXA xavfsizlik andozalarini amalga oshirish jarayonida o‘zaro hamkorlikning ijobiy o‘suvchanligi qayd etildi. Agentlik yangi tashkil etilayotgan yangi milliy onkologiya markazi uchun O‘zbekiston mutaxassislari salohiyatini mustahkamlashda ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi. Toshkent Onkologiya dispanseri terapiya bo‘limlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
AEXAning kelgusi uch yil davomida O‘zbekistondagi onkologiya markazlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish uchun 2,5 million yevro ajratish niyatini aniq kelishuvlar misoli sifatida qayd etish mumkin.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi "Markaziy Osiyoda diagnostik radiologiyada sifat va xavfsizlikni yaxshilash" mavzusidagi shu’ba tadbirida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
15:50 / 13.05.2025
O‘zbekiston va AEXA yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kelishib oldi
11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi
10:04 / 04.02.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi?
10:12 / 31.01.2025