Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda AQShga ishga yuborish evaziga 46 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Departament xabariga ko‘ra, unda fuqaro X.I. fuqarolar M.A., B.S. va A.A.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 46 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro H.R. fuqaro D.A.ga tanishlari yordamida Koreya davlatiga borish uchun viza olib berish va ishga yuborishi evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025