Sport | 15:46 / 07.10.2023
22698
2 daqiqa o‘qiladi

Hangjou-2022. Sevinch Rahimova Osiyo O‘yinlari chempioniga aylandi

Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Sevinch Rahimova delegatsiyamiz uchun kunning birinchi oltin medalini keltirdi.

Foto: Kun.uz

-55 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz finalda Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Kuni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. 

Sevinch Rahimova 1/8 finalda tailandlik Chokprasetrgulni (1:0),  chorakfinalda mezbon sportchi Dingni (7:0), yarimfinalda koreyalik Hvangni (8:0) mag‘lubiyatga uchratib finalga yo‘l olgandi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi oltin medallari soni 21taga yetdi va hamyurtlarimiz ushbu turnir tarixidagi eng yaxshi natijasiga erishdi. Bungacha eng ko‘p oltin medal 2018 yilgi Jakartadagi Osiyo O‘yinlarida qayd etilgan bo‘lib, vakillarimiz 21ta oltinga ega chiqishgandi, ammo doping sababli O‘zbekiston sportchilari bitta medaldan mahrum etilgandi. Shundan kelib chiqsak, 21ta oltin – O‘zbekiston uchun Osiyo O‘yinlaridagi rekord natija sifatida qayd etiladi. Vakillarimiz medallar jamg‘armasida jami 67ta medal – 21ta oltin, 18ta kumush va 28ta bronza bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid