Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Slovakiya Ukrainaga harbiy yordam yuborishni to‘xtatyapti
Slovakiyaning iste’foga chiqayotgan hukumati yangi vazirlar mahkamasi shakllanmaguncha Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatganini ma’lum qildi, deb yozadi Politico.
Slovakiya muvaqqat hukumati partiyalar saylovdan keyingi koalitsiya tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan bir paytda Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam yuborishni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda 6 oktyabr, juma kuni Slovakiya hukumati vakiliga tayanib, Politico nashri xabar berdi. «Slovakiyada ketayotgan byurokratik hukumat endi Ukrainaga harbiy texnika jo‘natmaydi», — deya Slovakiya hukumati vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.
Politico ta’kidlashicha, mamlakat Mudofaa vazirligi avvalroq Ukrainaga yangi yordam paketini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. U yangi parlament ishi boshlanishidan oldin o‘tkazilishi mumkin edi, biroq Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova bunday rejaga qarshi bo‘lgan. U buni saylovda g‘alaba qozongan, hali hukumat tuzmagan partiya pozitsiyasi bilan izohladi. Chaputova vakili Martin Strijinetsning ta’kidlashicha, prezident shu tariqa «demokratik saylov natijalariga hurmat ko‘rsatyapti».
Oktyabr boshida Slovakiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan sobiq bosh vazir Robert Fitsoning «Yo‘nalish – sotsial demokratiya» partiyasi «Ukrainaga bir dona ham o‘q bermasligi» haqida ma’lum qilgan. Mamlakat prezidenti Fitsoga hukumatni shakllantirishni boshlashni topshirdi. Chaputovaning so‘zlariga ko‘ra, Fitso partiyasi va Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qarshi bo‘lgan boshqa bir qancha kichik partiyalar saylovlarda ko‘pchilik ovoz olgan bir vaziyatda yangi hukumat tuzilmasidan oldin Kiyevga yordam o‘tkazish xavfli pretsedent yaratadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025