Putin O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarini «Aurus» avtomobilida aylantirdi
«Aurus» - oliy toifali avtomobillar oilasi bo‘lib, Rossiyaning NAMI instituti tomonidan ishlab chiqarilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga «Aurus» avtomobili imkoniyatlarini shaxsan namoyish etdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Putinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Rossiya prezidentining Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovo qarorgohiga bordi. U yerda xorijlik mehmonlar, dastlab, Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni boshlab beradigan muhim mintaqaviy loyihaning ochilish marosimida ishtirok etishdi.
Putin Mirziyoyevni kutib oldi va yangi avtomobilni ko‘rsatdi, shaxsan rulga o‘tirib, hamkasbini aylantirdi.
Keyinroq u ikkinchi mehmoni — Qozog‘iston prezidentini ham «Aurus»ga mindirdi. Putin uni rezidensiya ayvonida kutib olarkan, «yangi «Aurus» mashinasini ko‘rsatishini» aytdi. To‘qayev «Aurus»ning uzatmalar qutisi avtomatikmi yoki yo‘qligi bilan qiziqdi. Shundan so‘ng, davlat rahbarlari qarorgoh atrofini mashinada aylanib chiqishdi.
«Aurus» - oliy toifali avtomobillar oilasi bo‘lib, Rossiyaning NAMI instituti tomonidan ishlab chiqarilgan. Rossiya prezidenti Putindan tashqari, avtomobildan Rossiya Mudofaa vaziri va G‘alaba paradi qo‘mondoni ham foydalanadi.
Mavzuga oid
23:55 / 12.10.2024
Hindiston Rossiyaga taqiqlangan texnologiyalarni yetkazib bermoqda - Bloomberg
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
16:07 / 12.10.2024