Ramzon Qodirov Rossiya prezidenti saylovini bekor qilish yoki bitta nomzod bilan o‘tkazishni taklif etdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, «chunki bugun mamlakatni himoya qila oladigan boshqa odam yo‘q».
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidenti saylovini «maxsus harbiy operatsiya» (Rossiya rasmiylari Ukraina bosqinini shunday ataydi) tufayli vaqtincha bekor qilishni taklif etdi. Bu haqda Qodirov Grozniy shahrida Vladimir Putinning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan flesh-mob chog‘ida ma’lum qildi.
«Men hozir, maxsus harbiy operatsiya davom etayotganda, bitta nomzod - Vladimir Vladimirovich Putin bo‘lishi haqida yakdil qaror qabul qilishni taklif qilaman. Yoki saylovni vaqtincha bekor qiling, chunki bugun mamlakatimizni himoya qila oladigan boshqa odam yo‘q», dedi Qodirov.
Vladimir Putin 7 oktyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlaydi, u 71 yoshga to‘ldi.
Vladimir Putin 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini hali rasman e’lon qilmagan.
Rossiyada prezidentlik saylovi 2024 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
09:52 / 14.09.2024
YeI Putinning so‘zlaridan keyin Ukraina uchun qurol bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi
18:00 / 13.09.2024
Britaniya bosh vaziri Putinga: «Urushni Rossiya boshlagan va darhol tugatishi mumkin»
22:25 / 12.09.2024