Rossiya O‘zbekistonda temiryo‘l uskunalari va elektromobillar ishlab chiqarishi mumkin
Vladimir Putin O‘zbekistonda Rossiyaning «Kama» AJ tomonidan ishlab chiqilgan «Atom» yengil elektromobilini ishlab chiqarishni tashkil etish mumkinligini tan oldi.

Foto: Pexels
Rossiya O‘zbekistonda temiryo‘l texnikasini ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, dedi prezident Vladimir Putin Moskvada prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha.
«Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Temiryo‘l orqali yuk va yo‘lovchi tashish hajmi izchil o‘sib bormoqda – ayrim yo‘nalishlarda sezilarli darajada. Hozirgi vaqtda temiryo‘l transporti va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks hamkorlik dasturi ishlab chiqilmoqda. Gap jumladan, Rossiya temiryo‘l uskunalarini yetkazib berish va lokalizatsiya haqida ketmoqda – bu bizning o‘zbek do‘stlarimiz uchun juda muhim – ishlab chiqarishni O‘zbekiston hududida lokalizatsiya qilish», dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi «Shimol-Janub» kabi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish uchun katta istiqbollar ochilmoqda.
Putin, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiyaning «Kama» AJ tomonidan ishlab chiqilgan «Atom» yengil elektromobilini ishlab chiqarishni tashkil etish mumkinligini tan oldi.
«O‘zbekistonda Rossiya ko‘magida yiliga 500 ming tonna po‘lat prokat ishlab chiqarish quvvatiga ega Toshkent metallurgiya zavodi, Rossiyaning «Lada» va «KAMAZ» avtomobillarini yig‘ish korxonalari, Toshkent va Jizzax viloyatlarida sanoat texnoparklari barpo etildi. Rossiyaning «Atom» elektromobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi ham o‘rganilmoqda», dedi Putin.
U «Atom» bo‘yicha boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Mavzuga oid

13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda

10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

21:34 / 27.05.2025