O‘zbekiston | 08:18 / 08.10.2023
18791
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qildi

Itai Ron / Reuters / Scanpix / LETA

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.

«Vaziyat keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, xavfsiz joylarda bo‘lishni va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qiladi», deyiladi murojaatda.

Favqulodda vaziyatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: +972544851397, 03-672-2466.

  • HAMAS harakati 7 oktyabr tongida Isroilga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Isroil harbiylariga ko‘ra, mamlakat hududiga G‘azodan uch mingga yaqin raketa uchib kelgan. Falastinliklar chegara hududlariga bostirib kirgan va isroillik harbiylar bilan qurolli to‘qnashuvlar boshlangan. Bunga javoban Isroil mudofaa armiyasi G‘azo bo‘lgasidagi nishonlarga zarba berishni boshladi. 
  • Isroil hukumatining 7 oktyabr kuni kechqurun bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 250 kishi halok bo‘lgan, 1,4 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. Falastin muxtoriyati sog‘liqni saqlash vazirligi 232 kishi halok bo‘lgani va 1600 dan ortiq kishi yaralangani haqida ma’lumot bergan.

Mavzuga oid