Jahon | 20:53 / 09.10.2023
61402
6 daqiqa o‘qiladi

Ikki million kishi yashaydigan G‘azo sektori «zarbalar yomg‘iri» ostida qoldi. Fotosuratlar

Bu yerda yashovchi aholi vaziyat asiriga aylangan. Isroil hukumati bu hududni tark etishga chaqirgan, ammo ularning borar joyi yo‘q.

G‘azo ustida tutun. Fatima Shbair / AP / Scanpix / LETA

7 oktyabr tongida Yaqin Sharqda yangi urush boshlandi. HAMAS harakati Isroil bo‘ylab minglab raketalar uchirishdi, qurollangan guruhlar chegarani buzib o‘tib aholi yashash manzillariga hujum qilishdi, yuzlab kishilar o‘ldirildi va garovga olindi (ular orasida tinch aholi vakillari ham, harbiylar ham bor). Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektori bo‘ylab o‘t ocha boshladi: 9 oktyabrga o‘tar kechasining o‘zida isroilliklarning raketalari 500 dan ortiq nishon bo‘ylab zarba bergan.

G‘azo sektori rasman Falastinning bir qismi sanaladi, ammo Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Falastin muxtoriyati ma’muriyati amalda bu hududni 2007 yildan buyon nazorat qilmaydi, o‘shanda bu hududda hokimiyatni HAMAS harakati a’zolari kuch bilan egallab olishgandi. Uning a’zolari soni aniq emas, ammo bu maksimum o‘n ming kishini tashkil etadi. Butun G‘azo sektorida yashovchi aholi soni — AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining 2020 yil iyulidagi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki million atrofida. Shu bilan birga sektorning jami maydoni — atigi 360 kvadrat kilometrni tashkil etadi, ya’ni bu yer dunyoda aholi eng zich yashovchi hududlardan biri hisoblanadi. HAMAS o‘z harbiy obektlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri aholi yashash uylari, masjidlar, maktablar, shifoxonalar yaqiniga joylashtirgan — qisman shunchaki joy yetishmasligi tufayli, qisman isroillik harbiylar bu nishonlarga zarba berishini qiyinlashtirish maqsadida.

Sektor hududidan chiqib ketish juda qiyin: bu yerda aeroport yo‘q, port Isroil floti tomonidan bloklangan, quruqlik bo‘ylab esa Isroildan tashqari Misr tomon yagona o‘tish yo‘li bor. Ammo Falastin pasporti bilan qaysidir mamlakat hududiga o‘tishning o‘zi bo‘lmaydi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 7 oktyabr kuni HAMASni yo‘q qilishga va’da bergan va G‘azo sektori aholisini «zudlik bilan ketish»ga chaqirgandi — ammo amalda ikki million kishining ketar joyi yo‘q.

Isroil HAMAS harakatlariga javoban G‘azo sektori bo‘ylab aviazarbalar seriyasini davom ettirmoqda
Ali Hamad / APA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
G‘azo sektoridagi Xan-Yunis shahrida Isroil aviatsiyasidan keyin vayron bo‘lgan masjid. 8 oktyabr
Yousef Masoud / AP / Scanpix / LETA

 

G‘azoda isroilliklar raketasi vayron qilgan uylardan biri
Loay Ayyoub / The Washington Post / Getty Images
G‘azodagi ko‘chalardan biri bo‘ylab bombapanaga yo‘l olgan falastinliklar oilasi
Loay Ayyoub / The Washington Post / Getty Images
Xan-Yunis shahridagi vayron bo‘lgan uylardan birining xarobalarida kitob ko‘targan bola
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Isroilning G‘azo bo‘ylab zarbalari oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlari ortilgan yuk mashinasi
Mohammed Abed / AFP / Scanpix / LETA
Isroilliklarning G‘azo dengiz porti bo‘ylab zarbalaridan keyin katerlar ustida ko‘tarilgan tutun
Mohammed Salem / Reuters / Scanpix / LETA
Tungi G‘azo ustida portlagan raketa
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azodagi aholi yashash kvartalidagi uylar ustida tutun bulutlari
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azodagi qochqinlar uchun Al-Shati lagerida yashovchilar 9 oktyabr tongida Isroil aviazarbasiga uchradi
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azoliklar Al-Shati lagerida yaradorni olib ketishmoqda
Ali Jadallah / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Al-Shati lageri yonidagi ko‘cha
Ali Jadallah / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Halok bo‘lgan farzandi tepasida yig‘layotgan ota
Saher Alghorra/ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rafahda mahalliy aholi vakillari va qutqaruvchilar vayron bo‘lgan uydan yaradorni olib chiqishmoqda
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Rafahda yashovchi oila vayronaga aylangan uyini ko‘zdan kechirmoqda
Mahmoud Fareed / Apaimages / SIPA USA / Scanpix / LETA
Rafahda yashovchi keksa yoshli kishi o‘z uyi o‘rnidagi xarobada
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Rafahdagi xarobalar ustida yig‘layotgan qutqaruvchi
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Yarador kishini G‘azodagi Ash-Shifo shifoxonasiga olib ketayotgan qutqaruvchi
Haitham Imad / EPA / Scanpix / LETA
Isroilliklar aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan Shamalhlar oilasi a’zolarini dafn qilish marosimi, G‘azo
Mohammed Salem / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid