O‘zbekiston | 12:03 / 09.10.2023
8587
2 daqiqa o‘qiladi

Isroildan O‘zbekistonga aviaqatnovlar davom etmoqda

O‘zbekiston elchixonasi Isroil bilan aviaqatnovlar davom etayotgani haqida xabar berdi. Diplomatik missiya, shuningdek, vatandoshlardan bedarak yo‘qolgan va jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida xabar berishni so‘radi.

Foto: Google maps

O‘zbekiston Isroil bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani yo‘q. «Chetga ketishni xohlovchilar samolyot chiptasini sotib olishi mumkin», deyiladi O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi xabarida.

Diplomatik missiya Isroilda bo‘lgan vatandoshlardan bedarak yo‘qolgan, jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida yoki boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida konsullik bo‘limiga +972 54 485 1397 telefon raqami orqali xabar berishni so‘ragan.

Uzbekistan Airways saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Tel-Avivdan Toshkentga navbatdagi reyslar 10, 12 va 15 oktyabr kunlariga belgilangan. 

7 oktyabr kuni ertalab HAMAS harakati Isroil tomon minglab raketalar uchirdi. Isroilda favqulodda holat e’lon qilingan, mamlakat bosh vaziri bo‘layotgan voqealarni urush deb atadi. Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoriga zarba bera boshladi. 

Dushanba kuni ertalab Isroilda qurbonlar soni 700 kishidan oshdi. G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 413 kishini tashkil etdi, 2300 kishi jarohat oldi.

Mavzuga oid