Jahon | 10:58 / 09.10.2023
6174
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA Isroilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yinlarni noma’lum muddatga ko‘chirdi

UYeFA Yevro-2024 saralash bosqichining I guruhi 7-turidan o‘rin olgan Isroil va Shveytsariya o‘rtasidagi o‘yinni qoldirdi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.

Foto: AP / Ohad Zwigenberg

UYeFA 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichining Isroilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yinlarini xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘chirishga qaror qildi

«Isroildagi mavjud vaziyat tufayli UYeFA kelgusi bir necha hafta ichida mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha o‘yinlarni kechiktirishga qaror qildi», - deyiladi UYeFA bayonotida. 

UYeFA Yevro-2024 saralashining I guruhi 7-turidan o‘rin olgan Isroil va Shveytsariya o‘rtasidagi o‘yinni qoldirdi. 

O‘yin 12 oktyabr kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tishi kerak edi. 

UYeFA shuningdek, 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevro-2025 saralash turniri doirasida Isroil - Estoniya, Isroil - Germaniya o‘yinlarini ham qoldirdi. 

Mavzuga oid