O‘zbekiston | 15:21 / 09.10.2023
48326
2 daqiqa o‘qiladi
Yakkasaroy tumaniga yangi hokim tayinlandi
Toshkent shahri tumanlari rahbarlari orasida ham ayol hokim paydo bo‘ldi. Yakkasaroynning oldingi rahbari Mirobod tumani hokimligiga o‘tkazilgandi.
Nilufar Allabergenova Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Nilufar Anvarovna Allabergenova 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Qator mas’uliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan shu kunga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
- Yakkasaroy tumaniga 2019 yil sentabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Anvar Sayfutdinov bir necha kun oldin Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
- O‘zbekistonda 2020 yil bahorida tuman va shaharlarga ayol hokimlar tayinlanishi tendensiyasi yuzaga kelgandi. O‘shanda turli viloyatlarda bir vaqtda ishlayotgan ayol hokimlar soni olti nafarga yetgandi: Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumaniga Zulayho Mahkamova, Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumaniga Nargiza Ne’matova, Andijon viloyati Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumaniga Maqsuda Mustafoyeva va Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahriga Gavhar Alimova hokim etib tayinlangan edi.
- 2021 yil yozida Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi, uning o‘rniga yana ayol kishi - Sanobar Nosirova tumanning yangi rahbariga aylandi. Zulayho Mahkamova esa 2022 yil martida Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Keyinchalik qo‘mita tugatilgach, Mahkamova bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashda davom etmoqda. Maqsuda Mustafoyeva esa qator mojarolar ortidan 2022 yil fevralida Qarshi tumani hokimligini tark etdi. Keyinroq u tumandagi maktablardan biriga direktor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024