Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grozada qurbonlarni dafn etish davom etmoqda, Kiyevliklar konteynerda yashamoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 593-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Rossiya qo‘shini Xarkiv oblasti Groza qishlog‘iga 5 oktyabr kuni yo‘llagan zarba bo‘yicha izoh berdi. U 53 kishi halok bo‘lgan kafeda «yuqori martabali ukrainalik natsistlardan birining dafn marosimi bo‘layotgani, unda ko‘plab neonatsist sheriklari ham qatnashgani»ni aytdi. U bu bilan amalda zarba rossiyaliklar tomonidan berilganini tasdiqladi.
- Volodimir Zelenskiy «mavjud juda aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Yaqin Sharqda urush avj olishidan manfaatdorligi» haqida gapirdi.
- Zelenskiy hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondoni Igor Tansyurni lavozimdan bo‘shatdi va bu lavozimga general-mayor Anatoliy Bargilevichni tayinladi, u bunga qadar Ukraina QK quruqlik qo‘shinlari shtabi boshlig‘i o‘rinbosari edi. Tansyur Ukraina QK hududiy mudofaa kuchlariga 2022 yil mayidan buyon boshchilik qilib kelayotgandi.
- Ukraina harbiy razvedkasi maxsus topshiriqli bo‘linmalari uch marta Energodar atrofiga tashlangan, bu haqda Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov ma’lum qildi.
- Rossiyada Kiyev hududiy mudofaa kuchlari safiga qo‘shilgan huquqshunos Ilya Novikovga nisbatan «raqib tomoniga o‘tish» bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Kun kadri. Groza qishlog‘ida dafn marosimi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ko‘chadagi konteynerda yashayotgan kiyevlik ayol
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbass shimolidagi ukrain minomyotchilari
Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Front chizig‘idagi rossiyalik artilleriyachilar
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Volgogradda kursantlar qasamyodi
Kommersant / SIPA USA / Scanpix / LETA
O‘qqa tutilgan Xarkiv manzaralari
6 oktyabr tongida rossiyalik harbiylar Xarkivni ham o‘qqa tutishgandi. Zarbalar fuqarolik obektlari, jumladan turar joylar bo‘ylab berilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lgan, jumladan to‘qqiz yoshli bola va uning 68 yoshli buvisi. Tinch aholi vakillaridan 30 kishi yaralangan, ular orasida — halok bo‘lgan bolaning 11 oylik ukasi ham bor. Quyida zarba oqibatlari aks etgan suratlar.
Oleksandr Magula / Global Images Ukraine / Getty Images
Oleksandr Magula / Global Images Ukraine / Getty Images
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025