Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ukrainaga 1 mlrd yevrolik havo hujumidan mudofaa tizimlarini taqdim etadi
Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari, ular uchun raketalar, harbiy xizmatchilar uchun qurollar, transport vositalari va jihozlarni o‘z ichiga olgan yangi yordam paketi ajratilganini e’lon qildi.
Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga yana bir milliard yevrodan ortiq harbiy yordam paketi taqdim etilishini e’lon qildi. Bu haqda 10 oktyabr, seshanba kuni idora saytidagi xabarda aytiladi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius: «Germaniya Ukrainaga kelajakda eng zarur bo‘lgan narsada yordam berishda davom etadi» dedi.
Kelgusi qishda muhim infratuzilmani himoya qilish uchun Ukraina umumiy qiymati 1 milliard yevroga teng Patriot, IRIS-T va Gepard havo mudofaa tizimlarini oladi, deyiladi xabarda. Bundan tashqari, paketga harbiy xizmatchilar uchun 20 million yevrolik qurol-yarog‘, transport vositalari va jihozlar kiritilgan.
Patriot, IRIS-T, Gepard
Patriot tizimi Kiyevga Bundesver zaxiralaridan taqdim etiladi va boshqaruv stansiyasi, radar moslamasi, sakkizta uchirish moslamasi va 60 dan ortiq raketalarni o‘z ichiga oladi. Uni boshqaradigan ukrainalik harbiylarni tayyorlash yaqin haftalarda boshlanadi, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Germaniya bitta, hisob bo‘yicha esa uchinchi IRIS-T SLM o‘rta masofali zenit-raketa tizimini va bitta IRIS-T SLS qisqa masofali havo mudofaa tizimini - ular uchun raketalar bilan ta’minlaydi. Germaniya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, ushbu ta’minot bilan Germaniya o‘tgan oylarda Ukrainaga bergan va’dalarini bajaradi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q-dorilarni yetkazib berish to‘xtamayapti, hozirda 155 mm kalibrli snaryadlarni jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, yaqin haftalarda Ukraina yana 10 ta Leopard 1A5 tanki, uchta Gepard zenit qurilmasi, 15 ta zirhli yuk mashinasi va 20 ta zirhli tibbiy mashina oladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025