Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi
14- va 89-sonli avtobuslarning yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi 2 ta avtobusning yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi.
16 oktyabr kunidan boshlab, 89-sonli «Qorasuv 1-mavzesi — Chorsu savdo markazi» avtobus yo‘nalishi harakati Chorsu savdo markazi bekatidan Paxtakor metrosi AShBgacha qisqartiriladi. Qisqartirishdan so‘ng 89-sonli yo‘nalish «Qorasuv 1-mavzesi — Paxtakor metrosi» oralig‘ida harakatlanadi.

16 oktyabrdan boshlab, 14-sonli «TTZ bozori — Toshkent vokzali» avtobus yo‘nalishi harakati Yuzrabot ko‘chasi bo‘ylab TTZ avtoshohbekatigacha uzaytiriladi. Uzaytirishdan so‘ng 14-sonli yo‘nalish TTZ bozorigacha harakatlanmasdan, «TTZ avtoshohbekati — Toshkent vokzali» oralig‘ida harakatlanadi.

Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025