Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Isroilga 12 oktyabrdagi aviaqatnovini davom ettiradi
O‘zbekiston elchixonasiga ko‘ra, keyingi aviaqatnovlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Avvalroq elchixona Uzbekistan Airways 12 oktyabrdan boshlab Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni vaqtincha to‘xtatishi haqida xabar joylashtirgandi.
Unda qaror «hozirgi xavfsizlik talablari» tufayli qabul qilindi», deyilgandi.
Keyinchalik ushbu xabar olib tashlanib, qatnovlar davom ettirilishi to‘g‘risida boshqa ma’lumot e’lon qilindi.
Bundan oldin O‘zbekiston elchixonasi Isroil va G‘azo sektoridagi mojaro hududlarida majburan ushlab turilganlar orasida vatandoshlar borligi haqida diplomatik missiyaga ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qilgandi.
Isroilda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qiladi va vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025