Jahon | 08:10 / 12.10.2023
28310
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Qirg‘izistonga keldi. Bu - Rossiya rahbarining 2023 yildagi birinchi xorijiy tashrifi

13 oktyabr, juma kuni Bishkekda MDH davlat rahbarlari kengashining tor va kengaytirilgan tarkibdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. 

Foto: akipress.org

Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga bordi. Bu - Rossiya rahbarining joriy yildagi birinchi xorijiy tashrifi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

12 oktyabr, payshanba kuni Rossiya rahbari Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashadi. Ular muzokaralar olib boradi, ikki tomonlama hujjatlarni imzolaydi va matbuotga bayonotlar beradi.

Shundan so‘ng Putin Rossiyaning Kantdagi harbiy aviabazasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadi. Payshanba kuni Rossiya prezidentining Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev bilan muzokaralari ham rejalashtirilgan. 

13 oktyabr, juma kuni Bishkekda MDH davlat rahbarlari kengashining tor va kengaytirilgan tarkibdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning yakunlari bo‘yicha mamlakatlar rahbarlari qo‘shma hujjatlarni imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, shu kuni Putin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi. 

Mavzuga oid