Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya ikkita kemasini Sharqiy O‘rta Yer dengiziga yuboradi
Qirollik dengiz flotining RFA Argus va RFA Lyme Bay kemalari Sharqiy O‘rta Yer dengiziga jo‘natiladi.
Britaniya Isroilni qo‘llab-quvvatlab, Sharqiy O‘rta Yer dengiziga ikkita qirollik dengiz floti kemasi hamda dengiz patruli va kuzatuv samolyotlarini joylashtirishini e’lon qildi.
Bosh vazir idorasi bayonotida aytilishicha, Rishi Sunak «Isroilni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda taranglikning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik» uchun Sharqiy O‘rta Yer dengiziga Britaniya harbiylarini joylashtirishga buyruq bergan.
Xabarda qayd etilishicha, Qirollik dengiz flotining RFA Argus va RFA Lyme Bay kemalari Sharqiy O‘rta Yer dengiziga jo‘natiladi, mintaqa barqarorligiga tahdidlarni kuzatish uchun 13 oktyabrdan boshlab dengiz patruli va kuzatuv samolyotlari mintaqada parvoz qila boshlaydi.
Shuningdek, qirollik dengiz flotining ishchi guruhi keyingi hafta humanitar yordam sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun favqulodda chora sifatida Sharqiy O‘rta Yer dengiziga joylashtirilishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
15:18 / 18.05.2025