Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga 520 million so‘m zarar yetkazdi
Foto: Energetika vazirligi
Fuqaroga qarashli suv nasosi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 520 million 344 ming so‘m (578 ming 160 kVt/soat) zarar yetkazilgani aniqlandi.
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida fuqaro 2 890 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro Z.O.ga qarashli suv nasosi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 520 million 344 ming so‘m (578 ming 160 kVt/soat) zarar yetkazilgani aniqlandi.
Ushbu miqdordagi elektr energiyasi 2 ming 890 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
Iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
11:55 / 28.04.2025