Ilon Mask Qozog‘istonda ikki ming maktabni Starlink internet tarmog‘iga ulaydi
Chekka hududlardagi maktablar sun’iy yo‘ldosh orqali internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qozog‘istonning 2 mingta maktabi Ilon Mask tomonidan asos solingan SpaceX kompaniyasining yuqori tezlikdagi Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi bilan Starlink kompaniyasi dastlabki kelishuviga ko‘ra, SpaceX texnologiyasidan foydalangan holda qishloq joylarida 2 mingta maktabni internet tarmog‘iga ulash rejalashtirilgan.
Starlink Qozog‘istonning optik tolali yoki uyali aloqadan foydalanish imkoni bo‘lmagan qishloq va chekka hududlari aholisi uchun muqobil bo‘lishi mumkin. Biroq, buning uchun oldin yerda stansiyalarni joylashtirish, ruxsat olish va chastotalarni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bir qator texnik va huquqiy masalalar hal qilinishi kerak.
Starlink global sun’iy yo‘ldosh tizimi bo‘lib, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi keng polosali Internetga ulanishni ta’minlash uchun tashkil etilgan. Tarmoqqa ulanish uchun foydalanuvchi taxminan 500 dollar turadigan tovoqsimon antenna, shtativ va routerdan iborat maxsus to‘plamni xarid qilishi kerak. Bundan tashqari, foydalanuvchi oyiga $99 abonent to‘lovini ham to‘lashi lozim.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
23:02 / 14.09.2024