Rossiya O‘zbekistonga yog‘och yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
Bu Qozog‘istonning sanksiyalar rejimiga amal qilishi bilan bog‘liq.
Rossiyaning yog‘ochni qayta ishlash korxonalari O‘zbekistonga mahsulot eksport qilishda logistik qiyinchiliklarga duch keldi, deb yozdi «Vedomosti Severo-Zapad».
Sentyabr oyining boshidan beri Rossiya Shimoliy-G‘arbiy Federal okrugidagi yog‘ochni qayta ishlash kompaniyalari o‘z mahsulotini Qozog‘iston orqali tranzit qila olmayapti. Bu holat Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan bayonotidan keyin yuzaga kelgan.
Rossiya mebel va yog‘och buyumlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasining ma’lum qilishicha, bu korxonalar o‘z mahsulotining qariyb 40 foizini Qozog‘iston orqali eksport qiladi. Ukrainada urush boshlanganidan keyin, Rossiya yog‘och korxonalari o‘z mahsulotini Yevropaga emas, balki Markaziy Osiyoga sotishni boshladi. Qozog‘iston orqali tranzit to‘xtatilgani bois Rossiya kompaniyalari o‘z tovarlarini O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bozorlariga yetkaza olmaydi.
Sankt-Peterburgdagi «Sveza» kompaniyasining rejalashtirish va logistika bo‘yicha direktori Dmitriy Leontev ta’kidlaganidek, hozir yog‘och yuklangan 69 ta vagonni jo‘natish uchun 13 ta ruxsatnoma to‘plami tasdiqlanishini kutmoqda. Vologda viloyatida joylashgan «Cherepovetsk faner-mebel kombinati» bir oy ichida 40 ta vagon taxta mahsulotlarini jo‘nata olmayapti.
«Plitniy Mir» MChJ (Komi) rivojlanish bo‘yicha direktori Aleksandr Gibej qo‘shimcha qildiki, hozirda vaziyat o‘ta og‘ir darajaga yaqin. «Bizda 2022 yildan beri barcha tashqi bozorlardan faqat Markaziy Osiyo qolgan. Ammo sentabr oyida Qozog‘iston temiryo‘l orqali tranzit tashishga cheklovlar kiritgach, biz O‘zbekiston va undan tashqaridagi xaridorlarga mahsulot jo‘nata olmayapmiz», dedi u.
«Infoline-Analitiki» bosh direktori Mixail Burmistrov so‘zlariga ko‘ra, barcha omillarni hisobga olgan holda, mahsulotlarni yaqin kelajakda boshqa mamlakatlarga yo‘naltirish ilojsiz – kompaniyalar ta’minotni avvalgidek, Qozog‘iston orqali amalga oshirishi kerak, ammo yangi modelga ko‘ra.
«Nazariy jihatdan treyding tuzilmalarini o‘z ichiga olgan sxemadan foydalanish mumkin. Ya’ni, yog‘och mahsulotlar Qozog‘istondagi savdo uyiga boradi. Keyin savdo uyi mustaqil ravishda boshqa mamlakatlarga mahsulot jo‘natadi. Bunday sxema xarajatlarni sezilarli darajada oshiradi, ammo hozirgi vaziyatda boshqa samarali yechim yo‘q», deb qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024