Toshkentda farzandini kaltaklagan ayolning shaxsiga aniqlik kiritildi. U asabiy holatda bo‘lganini aytgan
13 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ayol farzandini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ayolning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Holat kuzatuv kameralarida qayd etilgan, unda ayol bolaning yuziga, boshiga urgani, zarba oqibatida bola yerga yiqilgani ko‘rinadi.
Mirobod tuman hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, farzandini urgan shu kuni Mirobod tumani Sh.Rashidov mahallasi hududida joylashgan suratxonaga rasmga tushish maqsadida kelgan.
Ayol bilan suhbat natijasida ma’lum bo‘lishicha, yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo‘lgan vaqtida, farzandining xarxashasiga javoban qo‘pol harakat sodir etgan.
Ayol ushbu qilmishidan pushaymonligini, bunday holat avvallari bo‘lmaganligini va boshqa takrorlanmasligini ma’lum qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Mirobod tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
18:37 / 12.10.2024
Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi
20:37 / 11.10.2024
Toshkentda mushukka beshafqatlik qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shadi
19:01 / 11.10.2024
Moratoriy davrida Toshkentda 800 tup mevali va manzarali daraxt nobud qilindi. Nega?
18:45 / 11.10.2024