Putin Falastin-Isroil mojarosi, xorijga tashriflari, dollar va rubl haqidagi fikrlarini aytdi
Rossiya prezidenti Qirg‘izistonda o‘tkazilgan MDH sammitidan so‘ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida MDH sammitida ishtirok etdi va matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Meduza asosiy savol-javoblarning qisqacha mazmunini keltirdi.
Rossiyaga qaytishga qaror qilgan relokantlar haqida:
Vataniga qaytganlarni nima kutmoqda? Bu odamning o‘zini qanday tutganiga bog‘liq. Qonunni buzish — bir narsa, Rossiyaga nisbatan axloqiy-etika me’yorlarni buzish — boshqa narsa. Agar ko‘pchilik bu odamni o‘zini axloqsiz tutgan deb hisoblasa, uning o‘zi ham buni his qiladi. Har birimizning kelajagimiz bugun nima qilayotganimizga bog‘liq. Bu barcha odamlarga tegishli: bu yerda yashayaptimi, chet elda yashayaptimi yoki ko‘chib ketyaptimi. Davlatimiz erkin, hech qanday cheklovlar yo‘q.
Falastin-Isroil mojarosi haqida:
Isroil misli ko‘rilmagan hujumga uchradi. Nafaqat miqyos jihatdan, balki ijro mohiyati, shafqatsizlik jihatidan ham. Isroil keng miqyosda, shuningdek, juda shafqatsiz usullar bilan javob qaytarmoqda. Ular Leningrad qamali paytida bo‘lgani kabi G‘azo sektoriga qarshi choralar ko‘rishni xohlamoqda, buni qabul qilib bo‘lmaydi. G‘azoda ikki milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ammo, boshqa tomondan, Isroil o‘z xavfsizligini ta’minlashga haqli. Yechim topish kerak. Isroilda SSSR va Rossiyaning sobiq fuqarolari ko‘p. Albatta, biz bu haqda unuta olmaymiz. Isroil bilan ham, Falastin bilan ham an’anaviy munosabatlarimiz yaxshi. Shuning uchun, hech kim bizni kimgadir yon bosishda gumon qilolmaydi, albatta, agar kimdir bizning vositachiligimizga muhtoj bo‘lmasa.
Ukrainadan HAMAS a’zolariga qurol-yarog‘ yetkazilayotgani to‘g‘risida
Ukraina rasmiylari Yaqin Sharqqa qurol yetkazib berganiga shubha qilaman, lekin Ukrainadan qurol-yarog‘ sizib chiqayotganiga shubham yo‘q. Men Ukrainaning hozirgi rahbariyatini xush ko‘rmayman, lekin buning ortida Ukraina rahbariyati turganga o‘xshamaydi.
Xorijga tashriflari haqida:
Men buni istisno qilmayman, lekin hozircha hech narsani rejalashtirmaslikka harakat qilaman. Bizda uyimizda ham alohida e’tibor talab qiladigan dolzarb masalalar ko‘p.
Armaniston haqida:
Armanistonga kelsak, Nikol Pashinyan nima uchun sammitga kelmagani aniq, ammo Armaniston MDH tarkibidan chiqmaydi. Biz Pashinyan bilan aloqadamiz. Va men ularning oldiga boraman, ular ham mening oldimga kelishadi.
Balticconnector quvurining shikastlanishi haqida:
Rossiyaning qo‘li borligi haqidagi mish-mishlar faqat G‘arbning «Shimoliy oqim»ga qarshi amalga oshirgan teraktini yashirishga qaratilgan. Bu quvur «Shimoliy oqim»lar kabi yaxshi himoyalanmagan, shuning uchun bunga hamma narsa sabab bo‘lishi mumkin, hatto zilzila ham.
Dollar 100 rubl ekaniga ko‘nikish kerakmi yoki yo‘qligi haqida:
Budjet uchun bizga kurs biroz pastroq bo‘lgani yaxshi. Agar hamma narsa normal bo‘lganida, ba’zi eksportchilar tomonidan valuta tushumlarini majburiy sotish to‘g‘risida farmon chiqmagan bo‘lardi. Dollar va rubl kursi iqtisodiyotdagi hech qanday muammo bilan bog‘liq emas, bizda hamma narsa barqaror. Ammo valutani tartibga solishni tuzatishga to‘g‘ri keladi. Bu farmon esa ushbu yo‘nalishdagi urinishdir. Bu qanchalik samara berganini ko‘ramiz.
Mavzuga oid
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
23:01 / 21.11.2024
Putin Dneprga «Oreshnik» nomli o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketa bilan zarba berilganini ma’lum qildi
20:56 / 21.11.2024