Jahon | 13:58 / 15.10.2023
16005
6 daqiqa o‘qiladi
Chernihivdagi vayronalar va Donbassdagi rus artilleriyachilari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 598-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Qrim ko‘prigi faoliyati to‘liq tiklandi, deb xabar berdi RF vitse-premeri Marat Xusnullin. Keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Qrim ko‘prigida ikki portlash ro‘y bergan — 2022 yil 8 oktyabr va 2023 yil 17 iyul kunlarida. Portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan uyushtirilgan.
- Sochi yaqinida, Qora dengiz hududida ikki dron urib tushirildi. Shahar hududida vayrongarchiliklar va jabrlanganlar bo‘lmagan.
- Qo‘shma Shtatlar birinchi marta Shimoliy Koreyani Rossiyaga qurol yetkazib berishda to‘g‘ridan to‘g‘ri aybladi. Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, 7 sentabrdan 1 oktyabrga qadar Rossiya bayrog‘i ostida suzgan kemalar KXDR o‘q-dorilari yuklangan mingdan ortiq konteynerni Rossiya portiga olib kelgan, yuklar bu yerdan Rossiya harbiy omborlariga olib ketilgan.
- Rossiya armiyasi sharqiy frontning bir necha uchastkalarida, birinchi navbatda — Avdiyivka hududida intensiv hujum qilishda davom etmoqda. Ikki tomondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Rossiya qo‘shini so‘nggi kunlarda artilleriya va aviatsiyadan yoppasiga zarbalar yo‘llagan va Avdiyivkadagi ukrain guruhini qurshab olish maqsadi doirasida shimoliy qanotda bir necha yuz metrga ilgarilagan, ammo hozircha front chizig‘ida jiddiy o‘zgarish kuzatilmayapti. Rossiyalik harbiylar Avdiyivkadan tashqari shimoldagi Kupyansk atrofida va janubdagi Maryinka hududida faol hujum qilmoqda.
- Ukraina harbiylari va g‘arb razvedkasi Zaporijjya oblastining Tokmak shahrini Ukraina qurolli kuchlarining yaqin haftalardagi yurishi uchun real maqsad deb hisoblashmoqda.
- Kongress AQShga bir vaqtning o‘zida Xitoy va Rossiyaga qarshi kechadigan urushga tayyorlanishni tavsiya qildi.
Izmayil o‘qqa tutilishi oqibatlari
Chernihivdagi hayot
Chernihiv keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlaridanoq rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilgan. The New Yorker ma’lumotiga ko‘ra, urush boshida shaharda kuniga o‘rtacha 50 kishi halok bo‘lgan. Chernihiv aholisining taxminan uchdan ikki qismi 23 martga qadar shaharni tark etgandi — o‘sha kuni so‘nggi ko‘prik buzib tashlangan va evakuatsiya to‘xtagandi. Mer Vladislav Atroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, shaharning ayrim rayonlari 70 foizga vayron bo‘lgan.
Front yaqinidagi Velika Novosilka hayoti
Donbassdagi rossiyalik artilleriyachilar
Mavzuga oid
21:58
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
21:03
Uchinchi jahon urushidan qo‘rqqan podkaster Jo Rogan Zelenskiyni so‘kdi. Unga Klichko va boshqa ukrainlar javob qaytardi
17:32
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
16:11