Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi
Avvalroq deputatlar shu masala yuzasidan viloyat hokimligi va IIVga so‘rov yuborgandi.

Foto: Fotokollaj / «Gazeta.uz»
12 oktyabr kuni jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan o‘ziga tegishli bo‘lgan 60 tonna chigitni olib chiqishda taqiqqa uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsman)ning ma’lum qilishicha, chigit mahsulotlarini olib chiqib ketish bilan bog‘liq muammo bartaraf etilgan.
Aniqlanishicha, jamiyat birja savdosi orqali «Chiroqchi-klaster» MChJ va «Kitob ip yigiruv» AJdan sotib olgan chigit mahsulotini Qashqadaryo viloyatidan olib chiqib ketayotgan vaqtda hududdagi «Umakay» YPX maskanida to‘xtatilib, ushlab qolingan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra, mamlakat hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Bu masalaga birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatlashgan tadbirkorning ta’kidlashicha, uning yuki aynan nima sababdan to‘xtatib qolingani haqida hali hech nima deyilmagan. U chigit sifatiga katta zarar yetgan bo‘lsa sudga murojaat qilishini aytgan.
Avvalroq holat yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP partiyasi fraksiyasi a’zolari bo‘lgan To‘lqinjon Karimov hamda Batirbek To‘razoda Ichki ishlar vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligiga deputatlik so‘rovlarini yuborgandi.
Nima bo‘lgandi?
Jizzax shahridagi paxta moyi, shrot va sheluxa ishlab chiqaruvchi «Paxtakor sifat yog» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona elektron birja savdolari orqali «Chiroqchi-klaster» va «Kitob ip yigiruv» AJ korxonalaridan jami 30 mlrd so‘m atrofidagi paxta chigiti sotib olgan.
«Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda zavod mas’uli Akmal Nuriyevning ta’kidlashicha, 9 oktyabr kuni «Umakay» YPX maskanida 60 tonna chigit ortilgan yuk mashinasining belgilangan barcha hujjatlari — shartnoma, tovar-transport yuk xati, mahsulot sifat sertifikati (hujjat nusxalari tahririyatda mavjud) bo‘lishiga qaramay yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan hech qanday sabablarsiz to‘xtatib qolingan. Yuklar 5 kundan buyon asossiz ravishda ushlab turilmoqda, degan tadbirkor.
Tadbirkor tahririyatga taqdim etgan videoda postda xizmat olib borayotgan, o‘zini Vahob Lutfullayev deb tanishtirgan YPX xodimi yuk mashinasi haydovchisini to‘xtatib, hujjatlarni tekshirmasdan orqaga qayrilib olishni buyurgan. Haydovchining aytishicha, qayrilishga imkoniyat bo‘lmagan va tirbandlik keltirib chiqarmaslik uchun 5 metrcha oldinga harakatlangan va yo‘l chetida to‘xtagan. YPX xodimi esa unga «qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlik» ayblovini qo‘ygan.
«Mana havo yomonlashyapti, yomg‘ir boshlandi. Endi chigitning sorti buziladi, bu mahsulotimizga ta’sir qiladi, narxi tushib ketadi. Chigitni falon pulga sotib olib, zavodga olib kelgunimcha hamma narsasi buzilib, dabdala bo‘lsa, ertaga minusga kirib ketaman-ku?! Ishlab chiqarishim to‘xtab qolyapti, ishchilarga oylik berishim kerak. Zavod to‘xtab qolsa, oyliksiz qolishadi. Men ham tayyor mahsulotimni sotaman deb harakat qilyapman, bozorni ko‘rib turibsiz, har kuni „o‘ynayapti“. Bu ish bilan 10 yildan ortiq shug‘ullanamiz. O‘tgan yili ham shu muammoga uchragandik. Qashqadaryoda hali 30 mlrd so‘mlik 9,5 ming tonna yuklarimiz bor», — degandi «Paxtakor sifat yog» MChJ vakili Akmal Nuriyev.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

14:29 / 10.03.2025
“Chigit ekish muddatini majburan belgilab berish noto‘g‘ri” - mutaxassislar

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

11:02 / 15.12.2024