Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
O‘quvchilar 10 noyabrdan ikkinchi chorak uchun o‘qishga qaytadi.
O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Kun.uz'ga tasdiqlashicha, joriy o‘quv yilining birinchi choragi 3 noyabrdan yakunlanadi. O‘quvchilar 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun davomida ta’tilda bo‘lib, ikkinchi chorakni 10 noyabrdan boshlashadi.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda qabul qilingan hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, o‘quv yili davomidagi ta’tillar muddatlari quyidagicha deb belgilanadi:
- kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
- qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
- bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
- yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentabrgacha.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Mavzuga oid
15:42 / 28.10.2024
O‘zbekistonda maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
12:47 / 26.06.2024
Samarqandda O‘zbekiston-Germaniya salomatlik fanlari oliy maktabi ochildi
07:59 / 26.06.2024
Ayrim maktablar xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi
14:34 / 19.06.2024