Biznes-ombudsman maqomini aniqlashtirish nazarda tutilmoqda
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining davlat organi sifatidagi maqomini aniqlashtirish nazarda tutilmoqda.
Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yig‘ilishida “Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi qonun 22-moddasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining davlat organi sifatidagi maqomini aniqlashtirish nazarda tutilmoqda.
Qonun prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devonining huquqiy maqomini qonun darajasida mustahkamlashga hamda uning davlat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yig‘ilishda qonun loyihasi ma’qullandi.
Mavzuga oid
12:30 / 19.11.2024
Ombudsman fuqaro shikoyati asosida o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga egaligi belgilandi
16:16 / 06.11.2024
Tadbirkorlar uchun «Mening biznesim» moduli ishga tushirildi
09:50 / 12.10.2024
RF Moliya vazirligi xorijiy biznesning Rossiyadan chiqib ketishini qiyinlashtirdi
13:20 / 09.09.2024