Ombudsman fuqaro shikoyati asosida o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga egaligi belgilandi
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi qonun imzolandi.
Ombudsman fuqarolarning, respublika hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Ombudsman murojaat etuvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki boshqa vositalardan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, uning shikoyati bo‘yicha oxirgi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
Quyidagilar ombudsmanning ta’sir choralari hisoblanadi:
➖ogohlantirish;
➖taqdimnoma;
➖iltimosnoma;
➖talabnoma.
Ombudsman qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Ombudsman va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi hududida havo, temiryo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida (bundan taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno) imtiyozli yurish huquqiga ega.
Mavzuga oid
14:09 / 31.08.2024
Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” o‘rnatiladi
20:44 / 16.08.2024
“Bu mamlakat bolalari taqdiri uchun muhim qonun bo‘ladi” – bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova
09:10 / 19.07.2024
O‘zbekistonda ombudsman vakolatlari kengaytirilishi mumkin
13:00 / 28.03.2024