Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«2024 yilda 10 mln sayyohni qabul qilishni maqsad qilganmiz» - Aziz Abduhakimov
Samarqandda bugun Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining ochiq sessiyasi boshlandi. Sessiyani ochib bergan vazir Aziz Abduhakimov joriy yilda O‘zbekistonga kelgan xorijlik turistlar soni 2016 yilga nisbatan 5 barobarga o‘sganiga e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov tadbirni mezbon sifatida ochib berdi.
«2022 yilda dunyo bo‘ylab deyarli 1 mlrd odam sayohat qilgan. Bu pandemiyadan oldingi davr ko‘rsatkichlarining 66 foizini tashkil qiladi. Joriy yilda O‘zbekiston 7 million xalqaro sayyohni qabul qilishni kutmoqda. Bu 2016 yildagi ko‘rsatkichlardan besh barobar ko‘p. Kelgusi yilda biz 10 million sayyohni qabul qilishni maqsad qilganmiz», — dedi vazir.
UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili jahon bo‘ylab turizmni pandemiyadan avvalgi darajaga olib chiqish, yangi chaqiruvlar, yo‘nalishlar va tendensiyalar haqida chiqish qildi.




Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
12:13 / 21.05.2025